Baxtiyor Saidov afsonaviy Devid Kemeron bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniya poytaxti Skope shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yig‘ilishi doirasida britaniyalik mavqedoshi Devid Kemeron bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron janoblari bilan uchrashib, O‘zbekiston – Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishdan mamnunmiz”, deb yozgan Saidov. 

Uning aytishicha, Kemeron bilan suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Qayd etish joizki, Devid Kemeron 2011 yildan 2016 yilgacha Britaniya Bosh vaziri bo‘lgan. Yaqinda amaldagi Bosh vazir Rishi Sunak uzoq vaqtdan beri siyosatda ko‘rinish bermagan Kemeronni Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan davlat kotibi lavozimiga tayinlagan.

Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi, YXHTning Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdrahmanov va Kanada Tashqi ishlar vazirining parlamentar kotibi Rob Olifant bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing