“Baxti Tashkentskiy”ning Turkmanistonga qochgan sherigi ushlandi

3-sahifa

image
“Baxti Tashkentskiy” ning o‘g‘illari ham qo‘lga olindi north_east

“Baxti Tashkentskiy” ning o‘g‘illari ham qo‘lga olindi

O‘tgan yil oxirida O‘zbekistonda jinoiy guruhlar a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlangandi. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olingan. Endilikda esa uning Turkmanistonga qochgan sherigi ham ushlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” xabar berdi.

Aytilishicha, reydlar boshlangunicha, O‘zbekiston maxsus xizmatlari turkmanistonlik hamkasblariga jinoiy guruh a’zolaridan biri 7 dekabr kuni mamlakat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘lgani haqida tezkor ma’lumot bergan.

Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligiga gumonlanuvchining o‘sha paytda qayerda ekanligi haqida ham xabar yuborilgan. U Toshkentda jinoiy olamga qarshi kurash tadbirlari davomida qo‘lga olingan, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Nargiza Jumaniyozovaning singlisi Bibijon Jumaniyozovaning uyidan topilgan.

Qidiruv natijasida erkak 9 dekabr kuni qo‘lga olingan, ertasi kuni esa “Shovot” chegara bojxona postida O‘zbekiston maxsus xizmatlariga topshirilgan.

Bundan tashqari,  “Baxti Tashkentskiy”ning sherigi yashiringan Bibijonning uyidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 12 quti dori vositalari topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol dori vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullangan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Baxti Tashkentskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made