“Baxti Tashkentskiy”ning akasi va o‘g‘illari ishi ham sudda ko‘riladi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 29 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev boshchiligidagi jinoiy tuzilma vakillariga nisbatan sud ishini ko‘rish boshlanadi. Ayblanayotganlar orasida Qudratullayevning ikki o‘g‘li va akasi ham bor. 

Xususan, Qudratullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li – 1994 yilda tug‘ilgan Bekzod Qudratullayevich Zafarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “v” bandi bilan ayblanmoqda. 

Qudratullayevning kenja o‘g‘li – 27 yashar Ixtiyor Qudratullayev esa Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi, “v” bandi bilan ayblanmoqda. 

“Baxti Tashkentskiy” akasi – 1966 yilda tug‘ilgan Shuhrat Zaparovich Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan ayblanmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida jami 40 kishiga nisbatan ochilgan ish hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Zaparovich Qudratullayevga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing