Bag‘dodga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 3501 1 daqiqa
Bugun, 29 aprel kuni Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda Hojiqo‘zijon Qosimjonovich Isoqov tumanning yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan G‘anijon Soliyev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Hojiqo‘zijon Qosimjonovich Isoqov nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlangan.
Hozirga qadar Farg‘ona viloyati 426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Hojiqo‘zijon Isoqov Bag‘dod tumani hokimi etib tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning fevral oyida G‘anijon Soliyev Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani hokimi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi