Bag‘dod va O‘zbekiston tumanlariga hokimlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 fevral kuni Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Bugunga qadar Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Vosiljon Nazarov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Bag‘dod tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, bugun xalq deputatlari O‘zbekiston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i  vazifasida ishlab kelayotgan Sherzod Akramovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.

Avvalroq, Quva va Yozyovon tumanlariga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

300

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing