Bag‘dod markaziga qo‘lbola raketa quladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Iroq poytaxti Bag‘dodning “yashil hududi”ga qaratilgan qo‘lbola raketa shaharning markaziy qismiga qulab tushdi. Bu haqda “Shafaq news” axborot portali xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, raketa “yashil hudud” tomon otilgan va nishonga yetmay Bag‘dod shahri markazidagi Abu Nuvas ko‘chasidagi turar-joy binosiga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. 

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Bag‘dod xavfsizlik xizmati xodimlari shahar shimoli-sharqidagi politsiya bo‘limi yaqinida “yashil hudud”ni o‘qqa tutishga uringan raketani topgan. Bundan tashqari, keyinroq Iroq xavfsizlik xizmati xodimlari raketa uchirilishiga aloqadorlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Bag‘dodning “yashil hudud”i asosiy hukumat binolari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan hududdir.


Maqola muallifi

Teglar

raketa Bag'dod

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing