Bayden AQSH Prezidenti bo‘lsa, Rossiya bilan qanday siyosat olib borishini oshkor qildi
Olam
−
01 iyul 2020
15449Jurnalistlar bilan suhbatlashgan AQSH Prezidentligiga nomzod Jo Bayden, agar u saylovda g‘olib bo‘lsa, Rossiyaga qarshi qattiq siyosat yuritish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Rossiya Prezidenti "uni Oq uy rahbari sifatida ko‘rishni istamasligini" ta’kidladi.
"Men vitse-prezident bo‘lganimda Prezident Putin bilan juda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq suhbatlar o‘tkazdim. Bu uning meni AQSH Prezidenti sifatida ko‘rishni istamasligining sabablaridan biri bo‘lib tuyuladi", dedi siyosatchi.
Bayden, shuningdek, Rossiyaga nisbatan siyosatning qat’iyligi masalasida "boricha harakat qilish" niyatida ekanligini va Moskvaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga tayyorligini bildirdi.
Iyun oyida Bayden AQSH rahbari Donald Trampni harbiy to‘ntarish qilish ehtimoli haqida ogohlantirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u "fors-major vaziyatda" armiya yordamiga tayanmoqda.
LiveBarchasi