Babayan terma bilan jahon chempionatiga chiqa olmagani va Sergeyevning termada almashtirib bo‘lmas o‘yinchi bo‘lgani haqida
Intervyu
−
24 iyun 2019
8635Xabaringiz bor, joriy yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Babayan o‘sha kuni iste’foga chiqarilgan murabbiy Andrey Fyodorov o‘rniga keldi. Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” klubi O‘zbekiston Superligasining 12-turida Samarqandning “Dinamo” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan keyin Fyodorovga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.
Ayni paytda “Lokomotiv” stadionining majlislar zalida klubning yangi murabbiyi ishtirokida OAV uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
QALAMPIR.UZ muxbirining xabar qilishicha, anjumanda ishtirok etayotgan Samvel Babayan “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangani, uning qo‘l ostida O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani va Igor Sergeyevning termada almashtirilmas o‘yinchi bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
“Avvalo meni bosh murabbiy etib tayinlagani uchun “Lokomotiv” klubi rahbariyatiga alohida minnatdorlik izhor qilaman. Klub keyingi uch yilda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Klubda kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Men ular bilan bir oilaga aylangan holda yaxshi natijalarga erishishga ishonaman.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishda omad yetishmadi. Janubiy Koreyada hech bo‘lmaganda durrangga erishganimizda biz mundialga borardik.
Hamma Igor Sergeyevning termaga munosib emasligini aytgandi. Bilasizmi, u o‘z debyutini boshqa murabbiy qo‘l ostida nishonlagan. Sergeyev o‘sha payt klubda juda yaxshi o‘ynayotgan edi. Koreyaga Bikmayev gol urganda u golli vaziyatni yaratgan edi, bun hozir hech kim eslamaydi” deb aytib o‘tdi Babayan.
LiveBarchasi