BAAda ravvinning o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni axborot berdi

Olam

image

Kecha, 25 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari hududida o‘ldirib ketilgan Svi Kogan ismli shaxs o‘limida gumonlanib, uch nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsulxonasi axborot berdi. 

Bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi bosh konsulxonasi hamda Abu-Dabidagi elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda.

“Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”,  deyiladi bayonotda. 

Ma’lumot uchun, ravvinning o‘limida ayblanib, qo‘lga olinganlar 28 yoshli Olimboy Tohirovich va Mahmudjon Abdulrahim hamda 33 yoshli Azizbek Komilovich bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat Isroil hukumati tomonidan “terrorchilik harakati” deya ta’riflangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BAA Tsvi Kogan ravvin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing