BAA va Koreya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Jamiyat

image

Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Koreya O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadlari uchun 7 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yuk tarkibiga o‘pkani sun’iy shamollatish vositalari, kislorod konsentratorlari, PZR-laboratoriyalari va ekspress test-tizimlar hamda yordamchi tibbiy asbob-uskunalar kiritilgan.

Tibbiy yuk O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatning barcha mintaqalarida tarqatish uchun topshirilgan.

BAA O‘zbekistonga COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tibbiy mahsulotlarni to‘rtinchi bor taqdim etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon O‘zbekistonga 51 tonna insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sharoitida Koreya milliy politsiya agentligi (KNAP) xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tibbiy himoya niqoblarini yuborishga qaror qildi.

Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik munosabatlar, shuningdek, ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlarining samarali hamkorligini hisobga olgan holda, KNAP birinchi insonparvarlik yordamini O‘zbekistonga yubordi.

Yordam yuki "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi samolyoti bilan 30 mingta tibbiy niqoblar O‘zbekistonga yetkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

insonparvarlik yordami

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing