BAA Prezidenti va Bosh vaziri Mirziyoyevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al-Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.

BAA Bosh vaziri o‘rinbosari Amirliklar xalqi va mamlakat rahbariyati nomidan O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutladi.

Jumladan, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Al-Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al-Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Al-Maktumning dildan tabriklari va ezgu tilaklari yetkazildi.

Suhbatda joriy yil mart oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif yakunlari yuksak baholanib, ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarga kuchli sur’at bag‘ishlagani, ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Telefon orqali muloqot chog‘ida moliya va innovatsiyalar sohalarida, energetika, neft-gaz va kimyo sanoatida, transport, turizm va ishbilarmonlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Davlat rahbari BAA yetakchi kompaniya va tashkilotlarining ilg‘or tajribasi va bilimlaridan foydalangan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikka doir qo‘shma dastur va loyihalarni faol ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Shayx Xalifa bin Zoid Al-Nahayon Shayx Muhammad bin Roshid Al-Maktum

Baholaganlar

5

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing