BAA butun dunyoga eshiklarini yopdi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari koronavirus pandemiyasi sabab 17 martdan boshlab barcha davlatlarga viza berishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni BAAning Federal ro‘yxatga olish va fuqarolikni rasmiylashtirish idorasi ma’lum qildi.

"BAA diplomatik pasport egalaridan tashqari, hech kimga viza bermaslikka qaror qildi. Joriy yilning 17 mart kunidan boshlab mamlakatga kirish va chiqish taqiqlanadi”, deyiladi agentlik xabarida.

Ushbu qaror oldinroq viza olgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hukumat vakillarining tushuntirishicha, ushbu qoida koronavirus tarqalgan qator davlatlarning fuqarolari uchun toki kasallik daf etilmagunga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA koronavirus

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing