Lukashenko: “Ba’zida Mirziyoyev bilan suhbatlashganimda qo‘rqib ketaman“ (video)

Jamiyat

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 4 fevral kuni O‘zbekistonning Belarusdagi missiyasi yakunlanayotgan Favqulodda va muxtor elchisi Nosirjon Yusupov bilan o‘tkazgan uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuvda Lukashenko Belarus va O‘zbekiston do‘stona munosabatlarga ega ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlardagi ushbu taraqqiyot “yaxshi do‘st” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bog‘liq.

“U bilan O‘zbekistonning rejalari to‘g‘risida gaplashishni boshlaganimda ba’zida hatto qo‘rqib ketaman. U barchasiga juda tez kirishib ketmadimikan, deb o‘ylanib qolaman. Ammo, hozircha hammasi o‘z samarasini bermoqda. Ehtimol natijalar unchalik tez bo‘lmas, chunki dunyoda kuchli raqobat mavjud. Ayniqsa, ushbu raqobat pandemiya va boshqa voqealar fonida aqldan ozdiradigan darajada kuchayib ketdi.”, deydi Lukashenko.

Lukashenkoning aytishicha, islohotlar mustaqillikni qo‘lga kiritganidan beri o‘ziga xos davrlarni boshidan kechirgan O‘zbekistonning rivojlanishida aks etmasligi mumkin emas.

Lukashenko O‘zbekiston dunyoning qudratli boshqa davlatlari nazaridan chetda qolishi mumkin emasligiga e’tibor qaratib, Prezident Mirziyoyev tufayli barcha muammolarni yengish mumkinligiga ishonch bildirgan.

Belarus Prezidenti missiyasi yakunlanayotgan Nosirjon Yusupovga ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, elchiga sog‘liq va muvaffaqiyat tilagan.


Diplomatik vakolatxona rahbariga ko‘ra, Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stona munosabatlarning rivojlanganini ta’kidlab, pandemiya aloqalarda ba’zi o‘zgarishlarga olib kelganini qo‘shimcha qildi.

“Belarus zaminidan ketish juda achinarli. Ammo bu yerda o‘tkazilgan uch yil davomida yaqin kelajakda barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yaxshi zamin yaratishga muvaffaq bo‘lganimiz juda yoqimli”, deydi elchi Nosirjon Yusupov.

Ma’lumot o‘rnida, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar 1993 yil 21 yanvarda o‘rnatildi. O‘zbekistondagi Belarusning xorijiy vakolatxonasi 1994 yilda, Belarusdagi o‘zbek vakolatxonasi esa 2018 yilda ishga tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Belarus' Lukashenko

Baholaganlar

2055

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing