Bahromjon Norqobilov yangi qo‘mitaga rais etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi PF-5697-son Farmoniga muvofiq Bahromjon To‘rayevich Norqobilov O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Bahromjon Norqobilov 1973 yil Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini; 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini; 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Mutaxassisligi veterinariya vrachi, iqtisodchi, biznes boshqaruvi. Shu vaqtga qadar u Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahromjon Norqobilov qo'mita

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing