Bahrom Ashrafxonov Ilhom Aliyevga ishonch yorlig‘ini topshirdi

Jamiyat

image
Prezident Ilhom Aliyevning nabirasi qo‘shiq aytishni boshladi north_east

Prezident Ilhom Aliyevning nabirasi qo‘shiq aytishni boshladi

Joriy yilning 14 aprel kuni Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi. 15 aprel kuni lavozimiga kirishish uchun Bakuga jo‘nab ketgan Ashrafxonov, bugun, 18 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi. 

Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonovdan ishonch yorlig‘ini qabul qilgan.

Pandemiya sabab Prezident Aliyev elchini qarorgohi bog‘ida, ochiq havoda qabul qilgan. 

Bahrom Ashrafxonov 1969 yilda tug‘ilgan, 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U 1994−1998 yillarda — AIG Trading Group’ning Markaziy Osiyodagi vakili, 1998−2000 yillarda — UzAIG O‘zbekiston-Amerika sug‘urta kompaniyasi bosh menejeri, 2000−2002 yillarda — Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2018-2019 yillarda "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruv Raisi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan.

2019 yil fevralidan 2019 yil sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2019 yil sentyabrida Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan edi. Pandemiya sabab ushbu tashrif bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Ozarbayjon Ilhom Aliev Bahrom Ashrafxonov

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing