Prezident Ilhom Aliyevning nabirasi qo‘shiq aytishni boshladi

Madaniyat-san’at

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning nabirasi – qizi Leyla Aliyevaning o‘g‘li Ali Agalarov qo‘shiq kuylashni boshladi. Bu haqda mamlakatning rasmiy ommaviy axborot vositalari favqulodda bong urdi. 

Ali Agalarov – Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva va Ozarbayjon xalq artisti Emin Agalarovning o‘g‘li. U 12 yoshda va A.LI ijodiy taxallusi ostida o‘zining birinchi "Kapotdagi taom" nomli rep yo‘nalishidagi qo‘shig‘ini e’lon qildi. 

Xabarlarda uning san’atdagi faoliyatini otasi Emin Agalarov qo‘llab-quvvatlayotgani va homiylik qilayotgani aytiladi. U bir necha bor "JARA" festivaliga ham o‘g‘lini olib chiqqan. 

Prezident Ilhom Aliyevning qizi Leyla Aliyeva Moskvada tug‘ilib, Bakuda ulg‘aygan. U 22 yoshida, 2006 yilda chakana va ko‘rgazma ko‘chmas mulkni qurish va ekspluatatsiya qilishga ixtisoslashgan “Crocus Group” xoldingi vitse-prezidenti Emin Agalarov bilan turmush qurgan. 

To‘ydan keyin oila Rossiyaga ko‘chib o‘tdi va Leyla Aliyeva ijtimoiy faoliyatini davom ettirdi. 2007 yildan boshlab Aliyeva Moskvadagi Haydar Aliyev fondini boshqargan. 2015 yilning may oyiga kelib ularning oilasiga darz ketdi. Ularning ikki o‘g‘il va bir qiz farzandlari bor. Ali bolalarning to‘ng‘ichi. 

2018 yilda Emin model Alyona Gavrilova bilan turmush quradi. 2019 yilda ular qiz farzand ko‘radilar. Joriy yilga kelib Emin Alyona bilan ajrashadi. 

Leyla Aliyeva va Emin o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarga darz ketgan bo‘lsa ham, ular farzandlarini o‘zaro kelishib tarbiya qiladilar. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham bunga qarshi emas, aksincha, sobiq kuyovi va uning oilasi bilan yaxshi munosabatni saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Emin Agalarov Leyla Alieva

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing