Bahrom Almatovning lavozimi pasaytirildi
Jamiyat
−
18 aprel 2020 26659 1 daqiqa
Bugungacha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Bahrom Ibrohimovich Almatov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Bahrom Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritilgani haqida xabar bergan edik.
Prezident qarori bilan bu lavozimga Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev tayinlandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr