Bahorning ilk haftasida qanday ob-havo hukm suradi?
Bu qiziq
−
01 mart 2021
17120Ertaga, 2 mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha kun davomida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15° iliqni tashkil etadi, ammo ob-havo hali ham yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
3 martda respublika hududiga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, ko‘pchilik viloyatlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab 3 martda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kuzatiladi.
4-5 martda O‘zbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 5 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 10-15° iliq atrofida bo‘ladi, 5 martda 8-11° iliqgacha biroz pasayadi.
1-5 martda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi, ehtiyot bo‘ling!
LiveBarchasi