Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolovning (15-0, 14 KO) navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Top rank” xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jalolov AQSHning Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Skver Garden”ning kichik arenasi – Madison Square Theater’da italiyalik Janmarko Kardilloga (12-1-2, 2 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang joriy yilning 26 iyul kuni (O‘zbekiston vaqti bilan 27 iyul tongida) bo‘lib o‘tadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov o‘zining so‘nggi jangini 5 aprel kuni Ostonada o‘tkazgan va professional faoliyatida birinchi marta raqibini nokautga uchrata olmagan edi. U ukrainalik Igor Shevadzutskiyni (12-3, 10 KO) 10 raund davom etgan to‘qnashuvda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Baxodir Jalolov Janmarko Kardillo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing