Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bahodir Jalolovga  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi

Sport

photo_2023-08-30_17-13-05

Bugun, 30 avgust kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda Prezident yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi. 

Jumladan, boks bo‘yicha Toshkent mezbonlik qilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Ruslan Abdullayev va Abdumalik Halakov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. 

Toshkentda o‘tgan yana bir yirik musobaqa futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan futbolchilardan Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov, Otabek Boymurodov va Umarali Rahmonaliyevga “Kelajak bunyodkori” medali topshirildi.

Shuningdek, bir qator sportchi va murabbiylar turli darajadagi orden va medallar bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing