Bahodir Jalolov WBC reytingida top-15 bokschi safiga kirdi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov yangilangan Butunjahon boks kengashi (WBC) reytingida yuqoriladi. Yangilangan reyting tashkilot rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Reytingda Jalolov 14-o‘rinni band etdi. Britaniyalik Tayson Fyuri superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi hisoblanadi. Amerikalik Deontey Uaylder esa reytingda 1-o‘rinni egallab turibdi. Meksikalik Endi Ruis 2-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, kubalik Frenk Sanches kuchli uchlikka yakun yasadi.

Ma’lumot uchun, WBC professional boksdagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Jalolov “The Ring” nashri talqiniga ko‘ra, 2022 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Yil loyihasi” nominatsiyasiga da’vogar ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing