Bahodir Jalolov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Sport
−
09 mart 2020
6683Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio-2020 yo‘lidagi litsenzion turnir davom etyapti. Kecha, 8 mart kuni eng og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (+91 kg) chorak final jangini o‘tkazdi.
Ushbu bahs g‘olibga yarim final qatori Tokio-2020 yo‘llanmasini ham taqdim qilishi bilan yanada ahamiyatli edi. Bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tarilgan Jalolov jangda to‘liq ustunligini namoyish qildi va ishonchli g‘alabani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun qo‘lga kiritgan umumiy yo‘llanmalari o‘n yettitaga yetdi. Bahodir Jalolov esa Rio-2016 dan so‘ng yana bir Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega chiqdi.
Avvalroq, Sanjar Tursunov va Bobousmon Baturov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 17 taga yetdi.
LiveBarchasi