Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bahodir Jalolov navbatdagi jangini Qozog‘istonda o‘tkazishi mumkin

Sport

image

Shu yilning 25 aprelida Qozog‘istonda Top Rank tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘sha kungi “Baris Arena”da bo‘lib o‘tadigan boks oqshomi markaziy jangida o‘rta vazn toifasida IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni, qozog‘istonlik bokschi Janibek Alimxanuli fransiyalik Anauel Ngamissengega qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ushbu oqshomda super og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham ringga chiqishi mumkin. Ayni vaqtga kelib, uning o‘sha kungi raqibi kim ekanligi noma’lum.

Bahodir Jalolov ham bu borada o‘z fikrini bildirdi. 

“Keyingi jangim Qozog‘istonda o‘tishi men uchun yaxshi va bu menga kuch beradi. Chunki u yerda o‘zbek muxlislar ko‘p”, deydi Jalolov. 

Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Jalolov professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. U oxirgi jangini 2023 yilning noyabr oyida o‘tkazgan va o‘shanda Kris Tompsonni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Bahodir Jalolov labiga chiqgan uchuq sabab, fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jangi bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Bahodir Jalolov jang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing