Bahodir Jalolov ham O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medal keltirdi

Sport

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining boks dasturi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tmoqda. +92 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, ikki karra Jahon chempioni Bahodir Jalolov Qozog‘iston vakili Kamshibek Konkabayevga qarshi final bahsida ringga ko‘tarildi. 

Hal qiluvchi bahsda Jalolov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yakunda musobaqa chempioniga aylandi. Shu tariqa u Konkabayev bilan kechgan umumiy 10-jangida 7- g‘alabasiga erishdi. Bu bilan u ham Hasanboy Do‘smatov kabi o‘zining Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘stmatov Tailand vakili Titisan Panmotga qarshi kechgan final bahsida 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan holda faoliyatidagi ilk Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Shuningdek, -57 kilogramm vazn toifasida Yaponiya vakili Shudan Haradaga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdumalik Halokov raqibini ketma-ket 4 marta nokdaun holatiga tushirdi va musobaqa g‘olibiga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy boks Osiyo o'yinlari Bahodir Jalolov Xanchjou Kamshibek Konkabaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing