Azmun sobiq klubiga qaytishi mumkin

Sport

image

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi 28 yoshli eronlik hujumchi Serdar Azmunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Rus klubi bu borada Germaniyaning “Bayer” klubiga taklif bilan chiqdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, forvardga boshqa jamoalar ham qiziqish bildirmoqda,biroq Azmun “Zenit”da o‘ynash taklifiga befarq bo‘la olmaydi, chunki, Serdar Azmun 2019 yildan 2022 yilgacha Sankt-Peterburg klubi safida to‘p surgan.

Hujumchi “Zenit”da 104 o‘yinda 62 gol urgan va 17 golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, 2019-20 yilgi mavsum u Rossiyaning eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritdi va RFU talqiniga ko‘ra, mavsumning ham eng yaxshi futbolchisiga aylangan.

Azmun o‘tgan mavsumda Bundesliganing 23 o‘yinida 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Zenit Serdar Azmun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing