Azizov va Ermatov O‘FA rahbariyatiga qayta saylanishi kutilmoqda

Sport

image

Bugun, 16 sentyabr O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga saylanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘FAga a’zo tashkilotlar tomonidan lavozimlar kesimida 24 nafar nomzod ro‘yxati kelib tushgan. Assotsiatsiya saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, nomzodlarning ro‘yxati quyidagicha shakllantirildi:

O‘FA Prezidenti lavozimiga – Azizov Abdusalom Abdumavlonovich;

O‘FA Birinchi vitse-prezidenti lavozimiga – Irmatov Ravshan Sayfiddinovich;

O‘FA Vitse-prezidenti lavozimiga (2 nafar) – Ikramov Azizbek Isroilovich, Usmanov Jaxangir Mirabrorovich, Abdullayev Mehriddin Razzoqovich, Zikriyayev Raxmidin Egamovich, Isroilov Shoakrom Xolmatovich, Karimov Dilshod Murodjanovich;

Ijroiya qo‘mita a’zoligiga (9 nafar) – Mirobidova Edita Lukmanovna, Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich, Isoqov To‘lagan Ulmasovich.

Qolgan 13 ta nomzod O‘FA ustavining 30-moddasi III bandiga asosan kamida uchta a’zo tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi sababli ro‘yxatga kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusalom Azizov O'FA Ravshan Ermatov Futbol

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing