Aziz Ikromov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov yangi tuzilgan vazirlikda o‘rinbosarlik vakolatlari yuklandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Aziz Ikromov bugun, 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi. 

Ma’lumot o‘rnida, Aziz Ikromov bungacha Madofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. U 2019 yilning noyabr oyidan boshlab Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 

U yangi lavozimda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bosh-qosh bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Ikromov

Baholaganlar

436

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing