Aziz Abduhakimovga yana bir lavozim topshirilyapti. Unga qator vakolatlar ham berildi

Jamiyat

image
Prezident Bo‘stonliq tumani to‘g‘risida alohida farmonni imzoladi north_east

Prezident Bo‘stonliq tumani to‘g‘risida alohida farmonni imzoladi

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bir vaqtning o‘zida “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi direktori lavozimini egallaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida belgilandi.

Shuningdek, Abduhakimov Bo‘stonliq tumani hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Direksiya direktoriga quyidagi vakolatlar beriladi:

•    xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya, kredit, moliyaviy yordam va grantlar jalb etish bo‘yicha kelishuvlar (memorandum, shartnomalar) tuzish;

•    tumanda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki ob’ektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;

•    hududda joylashgan davlat mulki ob’ektlarini garovga qo‘yish orqali kreditlar olish va jalb qilish;

•    o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida nufuzli konsalting kompaniyalari, hududda barpo etilayotgan yirik ob’ektlarni loyihalash va qurilish ishlariga nufuzli xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalar hamda malakali ekspertlarni jalb qilish;

•    ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida erkin turistik zona hududida yashil zonalarni tashkil qilish, ayrim hududlarda esa tabiatga zarar keltiradigan xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan, chorvachilik, dehqonchilik, yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish taqiqlangan zonalarni belgilash;

•    aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlarini autsorsing tizimi asosida tashkil etish;

•    aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki ob’ektlari bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’ektlarni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida boshqaruv kompaniyalariga berish.

Avvalroq, Bo‘stonliq tumanida 2022 yil 31 dekabrgacha ma’muriy-boshqaruvning alohida tartibi o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, tuman hokimi viloyat rahbariga emas, Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq tumani Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing