Aziz Abduhakimov UNWTO sessiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov xalqaro darajadagi yana bir lavozimni egalladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissiyasining ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya vakillari bir ovozdan UNWTO Bosh assambleyasining joriy yil oktyabrda Marokash shahrida bo‘lib o‘tadigan 24-sessiyasi vitse-prezidentlari etib saylandi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisi hisoblanadi. Shuningdek, unga 2019 yilning yanvarida unga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing