Aziz Abduhakimov yana bir lavozimni egalladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida navbatdan tashqari konferensiya tashkil etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

Federatsiya yig‘ilishida tashkilotga rais saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov rais etib saylandi.

Ma’lumot uchun, Aziz Abduhakimov shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisi hisoblanadi. Shuningdek, 2019 yilning yanvarida unga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha federatsiya raisi lavozimini Dmitriy Li egallab turgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov

Baholaganlar

325

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing