Ajrashgan ayollarning ijtimoiy tarmoqlarda fikrini bildirishi taqiqlanishi mumkin
Olam
−
28 fevral
11711Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov o‘z o‘rinbosari Edil Baysalovga ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan sharhlarni monitoring qilishni topshirdi. Bu haqda "24.kg" nashri xabar berdi.
Uning aytishicha, ajrashgan ayollar eri va uning ota-onasi haqida yomon fikr bildirmasligi kerak.
“Biz an’ana va urf-odatlarimizga zid bo‘lgan ma’lumotlarning tarqalishini cheklashimiz kerak. Ba’zi ayollar o‘z ota-onasini maqtasa-da, ayni paytda qaynota va qaynonasini yomonlaydi. Ajrashganda esa ijtimoiy tarmoqlarga negativ fikrlarini yozib qo‘yadi, bu uyat. Qaynotalariga "shortik" kiymanglar, deyishadi. Kelinlar esa boshiga ro‘mol yopinishi kerak”, deydi Vazirlar Mahkamasi raisi.
Shu bilan birga, Oqilbek Japarov ijtimoiy tarmoqlarda bunday izohlarni yozgan ayollarga qanday chora ko‘rilishini aytmagan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi raisi ayollar va qizlarga nisbatan birinchi marta bu tarzda gapirayotgani yo‘q. Nashrning yozishicha, 2022 yilning sentyabr oyida ham Japarov “qizlar uy bekasi bo‘lishni, o‘g‘il bolalar pul ishlab, o‘z vatanini himoya qilishni o‘rganishi kerak”ligini ta’kidlagan.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi