Azarning faoliyati bo‘yicha kelgusi rejalari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar jamoasini o‘zgartirishni istamayapti. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Azar “qaymoqranglilar” safida 2024 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha to‘liq to‘p tepmoqchi.

32 yoshli Azar “Real” jamoasida 2019 yildan buyon to‘p suradi. “Real” futbolchi transferi uchun “Chelsi”ga 115 million yevro to‘lagandi. O‘shandan beri belgiyalik futbolchi Madrid klubi safida 18 marta jarohat oldi. U hozirga qadar “qirollik klubi”ning har 17 ta o‘yinidan so‘ng kamida bitta bahsni o‘tkazib yubormoqda.

Azar “Real” safida umumiy 74 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni Eden Azar La Ligada bir yarim yil ichida ilk samarali harakatini amalga oshirdi. U “Valyadolid”ga qarshi jamoasining gollaridan biriga assistentlik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Eden Azar “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing