G‘azalkentda ona-bola pichoqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 fevral kuni soat 22:40 larda Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Markaziy m.f.y., Chirchiq ko‘chasi 34-uyda yashovchi 1980 yil 15 yanvarda tug‘ilgan I.U.ning murdasi o‘z yotoqxonasida turli tan jarohatlar bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Bo‘stonliq tumani IIB navbatchilik qismi ma’lumotiga asosan xabar berdi.

Bundan tashqari, marhuma I.U.ning 2003 yil 3 noyabrda tug‘ilgan farzandi A.U. tanasining turli joylarida kesilgan sanchilgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilib, tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 1 mart kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a, j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasida fuqaro N.A. ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, jori yilning 1 mart kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

2 mart kuni N.A.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, j” bandlari, 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Bosh prokuratura Bo'stonliq tumani

Baholaganlar

204

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing