Azaga aylangan bayram: Isroildagi festivalda 44 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil shimolidagi Meron tog‘i hududida Lag ba-Omer festivalini nishonlash paytida kamida 44 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "The Jerusalem Post" xabar bergan. 

Mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu voqeani "dahshatli falokat" deb atagan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 100 ming fuqaro ishtirok etgan konsertlarning birida tribuna qulab tushgan. 

Biroq, Magen David Adom qutqaruv xizmati fojia tiqilinch tufayli sodir bo‘lganini aytgan. MDA vakili Zaki Xeller o‘limga odamlarning haddan tashqari ko‘pligi sabab bo‘lganini ta’kidlagan. 

Ta’kidlanishicha, ayni paytda 100 dan ortiq odam jarohat olgan. 

"Qurbonlar bor, bu juda dahshatli fojia", degan Zaki va bu juda qiyin qutqaruv operatsiyasi ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Bundan tashqari, Isroilning bir nechta shifoxonalarida odamlarning qarindoshlari va do‘stlarini topish uchun ishonch telefonlari ochilgan.  

Yahudiylarning Lag ba-Omer bayrami koronavirus infeksiyasiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingandan so‘ng mamlakatda birinchi nishonlangan ommaviy tadbir bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Lag ba-Omer yahudiylarning Oy taqvimi bo‘yicha Iyar oyining 18-kunida nishonlanadi. Bu yil festival 29 aprel kuni quyosh botishidan 30 aprel oqshomiga qadar to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil falokat

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing