“Aytgan, o‘ziga qaytgan”. Kreml Putinni so‘kkan Baydenga javob qaytardi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisini haqoratlash orqali mamlakatini sharmanda qilganini aytdi. Bu haqda TACC nashri xabar berdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Bayden AQSH siyosati uchun shunchaki "ipli qo‘g‘irchoq" vazifasini bajarmoqda.

"Qo‘shma Shtatlar davlat rahbarining og‘zidan chiqadigan bunday bema’ni gaplar qandaydir tarzda boshqa davlat rahbarini, xususan, Prezident Putinni xafa qilmaydi. Lekin bu mamlakatning o‘zi uchun juda katta sharmandalik. Janob Bayden xuddi ipli qo‘g‘irchoq – Gollivud kovboyiga aylanib, tomoshabinlarga haqiqiy hukmron doiraning ichki siyosiy manfaatlarini namoyish qilmoqda", deydi Peskov.

"Putin tomonidan Bayden haqida aytilgan hech bo‘lmasa biror haqoratomuz so‘z toping-chi. Topolmaysiz ham. Davlat rahbarining bunday qo‘pol leksikadan foydalanishi sharmandali holat", deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putinni haqorat qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Dmitriy Peskov Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing