Ayrim joylarda nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagan – Prezident

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim vazirlik, idora va viloyat hokimliklarida nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmaganini tanqid qildi. Bu haqda Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Ushbu  yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilingan. Jumladan, Mirziyoyev 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor yo‘g‘i 43 mingtasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlashini aytib o‘tgan.

Qayd qilinishicha,  O‘zbekiston 2021 yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgan va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shug‘ullanmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

"Maktablar, professional ta’lim muassasalarida sharoit yo‘qligi uchun 70 foiz ota-onalar nogironligi bor farzandlarini yashash joyidan uzoq maxsus maktab-internatiga joylashtirishga majbur. Aslida ota-onasi, do‘stlari va mahalladan uzoqlashish har qanday bola uchun katta psixologik zarba", degan Shavkat Mirziyoyev.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing