Ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi kuzatilmoqda – “Toshshahartransxizmat”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 55-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobusga epidemiologik vaziyatni inobatga olmay, haddan tashqari ko‘p yo‘lovchi olingani aks etgan suratlar tarqaldi. Mazkur suratlar tarqalgach, “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagi bayonot bilan chiqdi.

“Hurmatli yo‘lovchilar! Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy yilning 8 iyunidan boshlab jamoat transporti – avtobuslar harakatiga ruxsat berildi. 

Koronavirus pandemiyasi davrida karantin talablarining yumshatilishi belgilangan me’yorlar bekor qilindi degani emas. Afsuski, avtobuslar harakatining dastlabki kunlarida ayrim yo‘nalishlarda karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari kuzatilmoqda. 

Aziz hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, biror sabab bilan ko‘chaga chiqqaningizda sanitariya va gigiyena qoidalariga jiddiy amal qiling. Avtobusda albatta tibbiy niqobda bo‘ling. Salonda ijtimoiy masofani saqlang.

Belgilangan me’yorlarga amal qilib, o‘zingiz va atrofdagilarni ko‘rinmas balodan asragan bo‘lasiz!”, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “yashil” va “ sariq” toifaga kiritilgan hududlarda joriy yilning 8 iyunidan jamoat transportlari yurishni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing