Ayrim texnikumlar bitiruvchilari mutaxassisligi bo‘yicha OTMga suhbat asosida qabul qilinadi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilar mutaxassisligi bo‘yicha OTMga suhbat asosida  qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasida qayd etilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

Bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilishni tashkil qilish bo‘yicha dasturiy ta’minotni 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan yaratish choralarini ko‘radi;

2021 yil 1 yanvarga qadar oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni bitirgan o‘quvchilarni tamomlagan mutaxassisligi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasiga suhbat asosida qabul qilish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini kiritadi;

Har yili 10 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda yirik ish beruvchi muassasalarning asoslangan takliflari asosida Professional ta’limning yo‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklari klassifikatorini qayta ko‘rib chiqsin hamda zarur hollarda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM texnikum

Baholaganlar

287

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made