Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
12 noyabr 2020
6482Oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ba’zi abituriyentlarga to‘lov haqini o‘tkazish muddati 2020 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qarorida belgilandi.
Komissiya bayoniga ko‘ra, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uzaytirilgan muddat bilan kontrakt to‘lovini amalga oshirishi mumkin.
Talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati ham 1 dekabr qilib belgilangan.