Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari 30 aprelgacha QQSdan ozod qilindi
Jamiyat
−
11 yanvar 2022
6734O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
• O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
• o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
Shuningdek, 2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 30 aprelga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu qonunni qabul kilish Davlat byudjetining 800,0 mlrd co‘m atrofida daromadlari yo‘qolishiga olib keladi. Yo‘qotilgan summani soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, shuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hisobiga qoplash ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda Parlament tomonidan 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kungaboqar va soya urug‘lari hamda o‘simlik yog‘i importi, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va ichki bozorda realizatsiya qilish QQSdan ozod etilgandi.
LiveBarchasi