Ayrim OTMlarda davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari uch baravarga oshiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab ochiladi north_east

Chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab ochiladi

Xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlariga davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari uch baravarga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:

•    ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.

•    umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘lar ajratiladi. 

2021/2022 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan: 

•    xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan OTM bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi; 

•    OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi. 

2021 yil 1 iyuldan davlat organlarida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2022 yil 1 yanvardan xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2022 yildan davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo‘yiladigan majburiy malakaviy ko‘nikma sifatida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM kvota

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing