Chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab ochiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi (Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etildi. 

Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi. 

Agentlik xodimlari mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish sharoitlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan tumanlar (shaharlar)da umumiy o‘rta ta’lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktab tashkil etiladi. 

Joriy yilning 1 sentyabridan xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta’sis etiladi. 

Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:

birinchi bosqich — tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
uchinchi bosqich — Respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi. 

Qishloqlarda xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing