Ayrim mahkumlarga saylash huquqini beruvchi qonun qabul qilindi
Jamiyat
−
24 avgust 2019
3475Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kuni bo‘lib o‘tyapti.
Yalpi majlisda senatorlar “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Mazkur qonunni ishlab chiqishda, 20 tadan ortiq davlatlar, xususan, Fransiya, Italiya, Kanada, Polsha, Belarus, Ozarbayjon va boshqa davlatlarning saylov qonunchiligiga doir tajribalari o‘rganilgan. Qonunga muvofiq 20 dan ortiq qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqini berish maqsadida tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
LiveBarchasi