Ayrim bitiruvchi kurs talabalarining to‘liq stavka ishlashiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2022
8104Barcha tibbiyot va OTMlarning ayrim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bitiruvchi kurs talabalariga to‘liq stavkada ishlashga ruxsat berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriida belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:
• barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;
• barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.
“Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.
Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.
LiveBarchasi