Ayrim alkogol va tamaki mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kirish taqiqlanadi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. 

2021 yil 1 martdan raqamli markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy o‘tgandan keyin O‘zbekiston hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

2020 yil 1 dekabrgacha “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (“Asl belgisi” MAT) joriy qilinadi.

Identifikatsiya vositalari yordamida raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

Quyida – 2021-2022 yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati.


Maqola muallifi

Teglar

tamaki alkogol'

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing