“Ayntraxt” futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi. Jamoa karantinga olindi

Sport

image

Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasining bir nafar futbolchisida koronavirus alomatlari sezildi. Shu sabab futbolchi koronavirusni aniqlovchi test topshirdi. Tekshiruv natijasida futbolchi COVID-19 virusini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng jamoadagi barcha futbolchilar koronavirusni aniqlovchi tahlildan o‘tdilar. Natijalarga ko‘ra, jamoaning boshqa a’zolarida koronavirus aniqlanmadi. Ayni damda klubdagi barcha futbolchilar va murabbiylar majburiy karantinga olingan.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi futbolchilarga yuqishda davom etmoqda. Ular orasida ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar ham bor. "Chelsi" klubi futbolchisi Kallum Xadson-Odoi va "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirus kasalligidan butkul tuzalgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.  

Eslatib o‘tamiz,  hozirga qadar 246 020 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 10 049 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 88 483 nafar inson kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Futbol koronavirus Ayntraxt

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing