Aeroportda tillani yashirib olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
07 aprel 2019
8584“Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroport” chegara bojxona posti xodimlari Aviatsiya xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda “Tilla kamar” operatsiyasini fosh etishdi.
“Toshkent-Dehli” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro A.A. yashil yo‘lakdan harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi. Natijada, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazilganda ushbu fuqaro kamarining o‘tkazgichi tilladan yasalib, bojxonachilar payqamasligi uchun qora rangga bo‘yalgani fosh etildi. Shuningdek, uddaburon fuqaro bu bilan kifoyalanmasdan oyoq kiyimlari ichiga ham tilla yashirgani aniqlandi
Fuqaro A.A.dan olingan ashyoviy dalillarning vazni 200 grammni tashkil etib umumiy qiymati 59 million so‘mga tengligi ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi