Ayollarni Turkiyaga fohishalikka olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Turkiyaning Istanbul shahriga 2 nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun olib ketayotgan 22 yoshli shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘tkazilgan tadbir davomida 2002 yilda tug‘ilgan Turkiyada yashovchi shaxs joriy yilning 19 noyabr kuni  Farg‘ona shahriga kelib, 2 nafar ayoni ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng ularni Turkiyaning Istanbul shahrida nopok ishlarni qilib, mo‘may daromad topishga qiziqtirib, o‘z hisobidan ketish uchun 27 noyabr kuni Toshkent – Istanbul reysiga elektron bilet olgan va o‘zi bilan ayollarni olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 22 yoshli ayol 20 yoshli tanishini Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan vaqtda ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul fohishalik Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing