Ayollarni tazyiqlardan himoyalash to‘g‘risida qonun qabul qilindi
Jamiyat
−
23 avgust 2019
5079Xabaringiz bor, bugun, 23 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senat “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasini 82 nafar senator qo‘llab-quvvatladi, 1 nafar senator qarshi bo‘ldi va 1 nafari o‘z ovozini bermadi.
Mazkur qonun xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan muhofaza qilishga, maishiy hayot, ish, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda jabr-zulmdan himoya qilishga qaratilgan harakatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Mazkur qonun 35 moddadan iborat. Qonunda jinsiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, ish joyi, ruhiy zo‘ravonlik, tazyiq, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, himoya orderi kabi tushunchalrga izoh berilgan.