Ayollarni chet elga fohishalikka yuborish bilan shug‘ullanib kelgan 22 yashar jizzaxlik yigit qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Jizzaxda o‘zbekistonlik ayollarni muntazam ravishda BAA, Malayziya va Tailanddagi fohishaxonalar va tungi klublarga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanib kelgan 22 yashar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X.B. odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligi aniqlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, X.B. Birlashgan arab amirliklari, Malayziya va Tailandga muntazam borib, tungi klub va fohishaxonalarga O‘zbekistonda yashovchi ayollarni jo‘natish bilan shug‘ullangan.

Chunonchi, Instagramm tarmog‘ida profil ochib, Farg‘ona, Samarqand, Suxondaryo, Buxoro va Jizzax viloyatida yashovchi xotin-qizlarni Toshkent shahrida yashovchi sherigi orqali chet elga jo‘natgan. Ayollar xorijga borgach, X.B. ularning har biridan 8 ming AQSH dollari talab qilgan, bunga rozi bo‘lmaganlarni mahalliy jinoyatchilarga topshirib yuborish bilan tahdid qilgan.

Jabrlanuvchilar chet tilini bilmaganliklari, xorij qonunlaridan bexabarliklari hamda qaytish uchun pullari yo‘qligi sabab X.B.ning shartlariga ko‘nishgan. Ayni vaqtda ayblanuvchining 20 nafar xotin-qizdan shahvoniy maqsadlarda foydalanganligi aniqlandi. Xususan, Tailandga sotilgan 12 nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, 9 nafar jabrlanuvchidan arizalar olingan.  

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi fohishabozlik

Baholaganlar

1467

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing